Kompaniya faoliyati


MCHJ «Uzconsultservice» QK

                                ЛОГО                        MChJ «Uzconsultservice» QK mustaqil konsalting kompaniyasi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining №95 (13.03.1996) qarori asosida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Bizning kompaniya 19 yil dan ortiq muddat davomida konsalting xizmatlarini samarali ko’rsatib kelmoqda. «Uzconsultservice» QK O’zbekistonda MS ISO 9001:2009 standartlariga muvofiq milliy sertifikatlash organi “O’zstandart” agentligi tomonidan sertifikatlangan birinchi konsalting kompaniyalaridan hisoblanadi (Muvofiqlik sertifikati 12.08.2015 dan UZ.SMT.04.001.03397 ro’yxatga olingan).

 «Uzconsultservice» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlari, Adliya vazirligining nizomlariga ko’ra faoliyatini amalga oshiradi va quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  1. Narxlarning qiyosiy tahlil qilish va import va eksport shartnomalarini ekspertiza qilish (06.05.1997 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yhatga olingan №002681). O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun import va eksport shartnomalari va so’m shartnomalar o’rganib chiqamiz. Uzconsultservice» qo’shma korxonasi Buyurtmachining nazorat organlari oldida amalga oshirilgan ishlar natijalari uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.
  2. Tenderlarni tashkil qilish va o`tkazish. Kompaniya mutaxassislari tender hujjatlarini ishlab chiqishadi va O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, g’olibni tanlash bo’yicha tender tanlovlarini tashkil etishadi.
  3. Marketing tadqiqotlari. Narxlash tadqiqotlari va mahsulotlarni mijozlarga tanitish uchun samarali yo’llarni aniqlash. Mijoz tomonidan taqdim etilgan tovarlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha global va ichki bozorni tadqiq qilish.
  4. Biznes rejalar va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ishlab chiqish. «Uzconsultservice» mutaxassislari biznes rejalar va texnik-iqtisodiy asosni O’zbekiston hukumati talablariga muvofiq ishlab chiqish bo’yicha keng tajribaga egalar.
  5. O’zbekiston Respublikasiga import qilinyapgan tovarlarni jo’natishdan oldin va/yoki keyin tekshirishni amalga oshirish..
  6. Eksport qilinyapgan tovarlarni jo’natishdan oldin tekshirishni amalga oshirish xizmatlari.
  7. Investitsiyon loyihalarni hujjatlarini ishlab chiqish.
  8. O’zbekiston ichki bozorida tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha narxlarni aniqlash.
  9. Tashqi iqtisodiy faoliyat, kapital qurilish, ishlab chiqish va biznesni rivojlantirish bo’yicha mijozlarga maslahat brish va yo’l-yo’riq ko’rsatish.

O’z faoliyatida «Uzconsultservice» QK oziq-ovqat, yengil, tog’-kon, metallurgiya, neft-gaz, energetika, elektrotexnika, yog’ochni qayta ishlash sanoati, shuningdek, tibbiyot, qurilish va boshqa sohalarni o’z ichiga oladi.

«Uzconsultservice» mijozlari O’zbekiston Respublikasining yirik sanoat korxonalari hisoblanadi shu jumladan “Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi”, “O’zbekenergo”, “O’zbekneftgaz” OAJ, “O’ztransgaz” AK, Navoiy KMK DK, “O’zmetkombinat” AJ, Olmaliq KMK AJ, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va boshqalar.

MChJ «Uzconsultservice» QK yuqorida ko’rsatilgan xizmatlarni bajarish uchun tashqi savdo sohasida katta amaliy va ilmiy tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoa shakllangan.

“Uzkonsaltservis” QK xodimlarining asosiy tarkibi 12 kishini tashkil etadi. Barcha xodimlar O’zbekiston Respublikasi va chet el oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari. Ularning ikki nafari fan nomzodi, to’rt nafari magistr darajasiga ega. Xodimlarnig aksariyati xorijiy mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Italiya, Misr) qo’shimcha ta’lim olgan. Har yili, 2-3 nafar hodimlar “O’zstandart” agentligi  va TIAISV idoralari tomonidan tashkil etilgan qayta tayyorlov kurslarida tahsil olishadi.